O‘zbekiston va Turkmanistonda suvdan foydalanish keskin darajaga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi hisobotlarida keltirilgan.
Mutaxassislar suv tanqisligi darajasini "suv zo‘riqishi" indikatori bo‘yicha ya’ni zaxiralarga suv olish (to‘plab ishlatish) foiziga qarab hisoblaydi. O‘zbekiston va Turkmanistonda bu ko‘rsatkich kritik ko‘rsatkichdan ancha oshib ketgan bo‘lib, mos ravishda 169% va 144% ni tashkil qiladi.
Umuman, MDH mamlakatlaridagi suv resurslari bilan bog‘liq vaziyatni BMT tahlilchilari shunday ta’riflaydilar: Tojikiston, Armaniston va Ozarbayjonda "suv zo‘riqishi" o‘rtacha baholanadi, bu mos ravishda 62%, 56% va 54%. Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham toza suvdan foydalanish ko‘rsatkichlari global darajadan oshib, mos ravishda 50% va 33% ga yetadi. Rossiya va Gruziya toza suv zaxiralarining atigi 4 foizini, Moldovada - 12 foizini, Ukrainada - 14 foizini ishlatadi.